
Shavkat Mirziyoyev FIFA rahbari Janni Infantinoni qabul qildi
Oʻzbekiston va Ozarbayjonda yirik nufuzli sport tadbiri – 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi futbol boʻyicha jahon chempionatini oʻtkazish uchrashuvning asosiy mavzusi boʻldi. Toshkent shahrida federatsiyaning mintaqaviy vakolatxonasini ochish jarayonini jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.



